Axborot resurs markazi

EGAMBERDIEV ZUHRIDDIN MAMADALIEVICH
Axborot resurs markazi
Axborot resurs markazi haqida
Universitet Axborot-resurs markazi 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 381-qaroriga muvofiq tashkil topgan. Axborot-resurs markazi 2015-yilda maxsus loyiha asosida qurilgan va foydalanishga topshirilgan. Binoning umumiy maydoni 1967,4 m² bo‘lib, 500 000 dona adabiyot saqlash quvvatiga ega. Markazda 90 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta elektron o‘quv zali va 250 o‘ringa mo‘ljallangan 5 ta an’anaviy o‘quv zali mavjud bo‘lib, ular adabiyotlardan foydalanish uchun xizmat qiladi. Uyga olib ketish uchun kitoblar beriladigan abonement bo‘limi hamda 200 000 dan ortiq kitob saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lib, ularning barchasi me’yoriy talablarga javob beradi. 204, 301 va 305-o‘quv xonalari sovitish moslamalari (konditsionerlar) bilan jihozlangan. Fakultet a’zolari, xodimlar va talabalar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Kutubxona fondini o'quv rejalari va ilmiy yo'nalishlarga mos ravishda shakllantirish va boyitib borish
- Talabalar va professor-o'qituvchilarga abonement hamda o'quv zallari orqali xizmat ko'rsatish
- Elektron katalog va elektron kutubxonani yuritish, resurslarni raqamlashtirish
- Respublika va xalqaro elektron kutubxona tarmoqlari bilan resurs almashinuvini yo'lga qo'yish
- Kitobxonlik madaniyatini oshirish tadbirlari, ko'rgazmalar va taqdimotlar tashkil etish
- Bitiruv malakaviy ishlari va dissertatsiyalarning elektron bazasini yuritish
Tarkibiy faoliyat yo'nalishlari
- Abonement — adabiyotlarni uyga berish xizmati
- O'quv zallari — an'anaviy va elektron o'quv zallarida joyida foydalanish
- Elektron kutubxona — raqamli resurslar, elektron katalog va ma'lumotlar bazalari
- Fond bo'limi — adabiyotlarni qabul qilish, hisobga olish va saqlash
Amalga oshirilgan ishlar
Axborot-resurs markazi 2025-2026 yil yangi o‘quv yilida 1-kurs talabalarini ARM bilan tanishtirib, ARM da talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. ARM ga a’zo bo‘lish tartib qoidalari kutubxonachi va kitobxonga qo‘yilgan majburiyatlar, kitoblardan foydalanish va o‘quv zallardan foydalanish tartibi tushintirib o‘tildi. ARMning talabalar kirib foydalanadigan joylarda kitoblar ko‘rgazmalari tashkil qilingan. Yangi kirim qilingan adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib borildi. Talabalarni kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida turli kitobxonlikka oid tadbirlar o‘tkazib borildi.
ARM kitob fondiga kirim qilingan yangi adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazilib, http://kutubxona.adu.uz elektron kutubxonaga va vazirlik qoshidagi unilibrariy.uz bazasiga joylashtirib borildi.
Axborot-resurs markazi faoliyatining asosiy axborot manbasi bo‘lgan an’anaviy nashrlar va axborotning elektron manbalari bilan boyitish, shuningdek, hozirgi zamon talablariga binoan mavjud fond tarkibini o‘rganish, yagona zamon talablari darajasidagi axborot fondini tashkil etish bo‘yicha joriy o‘quv yili mobaynida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan ARM kitobxonlarini axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va axborotning eng so‘ngilarini tezkor ravishda yetkazish maqsadida 61 nomda jurnallar va 24 nomda gazetalar vaqtli matbuot nashrlarga obuna tashkil etildi.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
- «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-637, 23.09.2020)
- «Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida»gi Qonun (O'RQ-280, 13.04.2011)
- «Axborotlashtirish to'g'risida»gi Qonun (560-II, 11.12.2003)
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
- Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisida NIZOM
Bo'lim xodimlari5
Gopporova Iqbolxon Ergashevna
Axborot – resurs markazining Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumotlar bo‘limi mudiri
Salimova Muborakxon Sabirovna
Axborot - kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri
Abdukaxarova Zulfiyaxon Paziljanovna
Axborot - kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri
Muxammadjonov Oybek Orif o‘g‘li
Elektron axborot resurslari bo‘limi mudiri
Aliyev Azizbek Muxtorxonovich
Xorijiy axborot - kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi mudiri