E'lonTelegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat (https://t.me/soyalar_xabari/29794): (https://t.me/soyalar_xabari/24886) Andijon davlat universiteti mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bobi 41-bandiga muvofiq, bir fanga ajratilgan auditoriya soatlarining 25 foizi va undan ortiq qismini uzrli sababsiz qoldirgan talaba mazkur fandan chetlashtiriladi hamda yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Shuningdek, yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki unda ishtirok etmagan, yoxud ushbu nazoratdan qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.







