
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat (https://t.me/soyalar_xabari/29667): (https://t.me/soyalar_xabari/24886)
Andijon davlat universiteti mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qaroriga muvofiq, respublikamizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalariga, xususan, Andijon davlat universitetiga moliyaviy mustaqillik berilgan bo‘lib, mazkur toifadagi oliy ta’lim muassasalariga barcha ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlari bo‘yicha bir nafar talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdorini hisobga olgan holda o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash, istiqbolda rivojlantirish hamda ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash vakolati berilgan.
So‘nggi yillarda o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmagan bo‘lsa-da, ish haqlari va unga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar bir necha marotaba oshgan. Shu bilan birga, universitetning o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlashi, istiqbolda rivojlanishi hamda ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini saqlashi maqsadida, bir nafar talabaning universitetda ta’lim olishi bilan bog‘liq o‘rtacha xarajat 16,5 million so‘mni tashkil etishiga qaramay, 2026/2027-o‘quv yilida talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘rtacha 11,3 million so‘m etib belgilandi.
Universitet rahbariyati talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushayotgan murojaat hamda takliflarni doimo e’tiborda tutadi. Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan bog‘liq masalalarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarni rasmiy va ishonchli manbalarga asoslangan holda baholashni so‘raymiz.