Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
Yangilik

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat

15-sentabr, 2026-yil355 ko'rildi

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat (https://t.me/soyalar_xabari/29667): (https://t.me/soyalar_xabari/24886)

Andijon davlat universiteti mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Andijon davlat universitetida dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayoni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, tasdiqlangan o‘quv rejalari va dual ta’lim dasturlari, shuningdek, talabalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilishi belgilangan.

Yangi 2026/2027-o‘quv yilida universitetda o‘quv jarayoni tasdiqlangan tartib asosida yo‘lga qo‘yilib, birinchi bosqich talabalari uchun 7-sentabrdan, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentabrdan boshlab kredit-modul tizimi asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Ayni kunlarda 3-bosqich hamda bitiruvchi bosqich talabalari uchun kredit-modul haftaligi doirasida dual ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida talabalarni ta’lim yo‘nalishlariga mos korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda hududlarda mas’ullar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2026-yil 21-sentabrdan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv jarayoni tegishli shartnoma talablari va tasdiqlangan o‘quv rejalariga muvofiq tashkil etilib, haftaning 1 kuni universitetda nazariy ta’lim olish, 5 kuni esa ta’lim yo‘nalishiga mos tashkilot, korxona va muassasalarda amaliy o'tashlari belgilangan.

Shu bilan birga, universitet tomonidan dual ta’lim jarayonining belgilangan talablar asosida o'tkazish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Andijon davlat universiteti talabalar va ularning ota-onalarini yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda muhokama yuritishdan avval universitetning tegishli mas’ul xodimlari yoki rahbariyatiga murojaat qilib, mavjud muammoli holatlarni belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik va muloqot asosida ko‘rib chiqishga chaqiradi. Shu munosabat bilan, murojaat va takliflaringizni universitet rektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish uchun @adurektori_bot Telegram boti orqali yuborishingizni so‘raymiz.