Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitetda talabalarning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi va madaniy hordig'i uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Muntazam tadbirlar

  • «Bobur haftaligi» va «Navro'z sayli» an'anaviy bayramlari
  • «Talaba bahori» ijodiy festivali
  • «Zakovat» va «Bilimlar bellashuvi» intellektual o'yinlari
  • Kitobxonlik va notiqlik tanlovlari

Ijodiy jamoalar

Universitetda folklor ansambli, drama to'garagi, vokal studiyasi va raqs jamoalari faoliyat yuritadi. Madaniyat saroyi 600 o'rinli zamonaviy zalga ega.