Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Korrupsiyaga qarshi kurash

Normativ-huquqiy hujjatlar

  • Normativ-huquqiy hujjatlar

Manfaatlar to`qnashuvi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKRATURASINING QARORI (3565) HAQIDA MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 30-oktabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3565-son Qarori ijrosi yuzasidan Аndijon davlat universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” g‘oyasi asosida yoshlar qalbida joy oladigan tizim yaratish hamda talaba-yoshlar ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va ularda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida talabalarni belgilangan taqsimot asosida o‘qitish ishlari olib borilmoqda. Taqsimot bo‘yicha joriy yilning may oyi davomida universitetning 1-bosqich, sentabr oyida 2-bosqich talabalari o‘qitildi, oktabr oyida 3-bosqich, noyabr oyida 4-bosqich talabalarini o‘qitish rejalashtirilgan. Universitet xodimlaridan 2025-yilda 7 nafar xodimlar o‘qitildi va sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Bugungi kunda xodimlarni o‘qitish ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori haqida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-210-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-iyundagi PQ-210-son nazorat rejasi yuborilgan. Ushbu qaror va nozorat rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti rektori tomonidan 2024-yil 25-iyun nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Shu bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 25-sonli buyrug‘i ijro uchun yuborilgan bo‘lib, ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti rektorining 2025-yil 20-fevraldagi 01-01-254-sonli buyrug‘i tasdiqlangan. Ushbu buyruqlarda belgilangan topshiriqlarga muvofiq universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitetning O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan xodimlaridan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar olingan bo‘lib, deklaratsiyalar bo‘lim xodimlar tomonidan tahlil qilingan hamda ma’lumotlar universitet rahbariyatiga taqdim qilingan.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son qarori haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 03-23-143-son nazorat rejasi yuborilgan. Ushbu qaror va nazorat rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti rektori tomonidan 2024-yil 5-iyulda nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti 1931 yilda tashkil etilgan va 1992 yilda universitet maqomini olgan.

Amaliy tadbirlar

  • Amaliy tadbirlar

Amaliy tadbirlar

Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2021-yildan 2025-yilgacha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

2021-yil 7-iyundan dekabrgacha:

Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi 2021-yilning 7-iyunida tashkil etilgan bo‘lib, 2021 yil 7-iyundan dekabr oyigacha Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari uchun ijodiy imtihonlar oldidan ta’magirlik, poraxo‘rlik va firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Biz birgalikda Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ilmiy-ma’rifiy konferensiyalar o‘tkazildi.

2021 yilning 3 choragida universitetda turli yo‘nalishlarda masalan, joriy remont, kitob chop etish v.x.k. larda 15 marotaba tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovlar 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xaridlari to‘g‘risidagi 684-sonli qonuni asosida tanlov o‘tkazish qonun talablari asosida shaffof va halol o‘tkazildi. Ishlarning ijrosi nazoratga olingan.

2021 yilning 2 dekabr kuni Andijon viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Andijon viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul hodimlari va Unversiteti huquqshunosi Mo‘tabarxon Sodiqova ishtirok etdi. Talabalarga 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etilayotgani uqtirildi. Muloqot davomida ta’lim tizimida korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari va unga olib olib kelayotgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi.

Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida fakultetlararo professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida universitet rektori tashabbusi hamda tasdiqlangan reja-jadval asosida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan quyidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz”, “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzularida 50dan ortiq davra suhbatlari o‘tkazildi.

Andijon davlat universitetida 2021-2022 o‘quv yilida bakalavriat kunduzgi ta’limda 30 ta, magistratura bosqichida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari, shu bilan birga yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini o‘tkazish belgilangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ushbu sinov jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash, korrupsiya holatlari kelib chiqishini oldini olish borasida tizimli ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

2022 yil 20 sentyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida 22-29 sentyabr kunlari fakultetlar kesimida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan tanishuv, o‘quv jarayoni hamda turar joy bilan ta’minlanganligi bo‘yicha suhbat, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va 1250 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

2023-yil davomida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bo‘limlar, fakultet va kafedralarda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish munosabatini shakllantirish” mavzusida 50 dan ortiq davra suhbatlari, yig‘ilishlar va seminarlar o‘tkazildi.

16-30 noyabr kunlari universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan talabalar o‘rtasida “Biz yoshlar – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Eng yaxshi insho” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovlarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan talabalar universitet rektori tomonidan faxriy yorliq va pul mablag‘lari bilan taqdirlandilar.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024 yil davomida universitet professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning salbiy oqibatlarini ifodalovchi tushunchalarning aniq mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish yuzasidan 60 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024 yilning mart-aprel oylarida qishki semestr yakunlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalardan anonim so‘rovnomalar olindi. Ushbu so‘rovnomalarda jami 465 nafar talabalar ishtirok etdi.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024 yil 27 aprel kuni universitetning 260 nafar professor-o‘qituvchilaridan anonim so‘rovnoma olindi. So‘rovnoma tahlillari bo‘yicha ma’lumotnoma universitet Kengashida muhokama qilingan.

Yuqoridagilarlan kelib chiqib, universitetga yangi ishga qabul qilingan va faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni universitet rektorining 2024 yil 15 may kungi “Andijon davlat universitetiga ishga qabul qilingan va faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazish to‘g‘risida”gi 0101445-son buyrug‘iga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limidan profilaktik suhbatdan o‘tkazish hamda ulardan ogohlantirish xati olish belgilangan.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida universitet professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning salbiy oqibatlarini ifodalovchi tushunchalarning aniq mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish yuzasidan 30 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti 1931 yilda tashkil etilgan va 1992 yilda universitet maqomini olgan.