Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

PhD va DSc dissertatsiyalari himoyalari

Andijon davlat universitetida so‘nggi yillarda ilmiy daraja olish bo‘yicha himoya ko‘rsatkichlari barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan izlanuvchilar tomonidan fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan himoyalar soni quyidagicha:

  • 2023-yil — fan doktori (DSc): 7 nafar, falsafa doktori (PhD): 33 nafar
  • 2024-yil — fan doktori (DSc): 4 nafar, falsafa doktori (PhD): 34 nafar
  • 2025-yil (hozirgi vaqtga qadar) — fan doktori (DSc): 7 nafar, falsafa doktori (PhD): 45 nafar

Mazkur ko‘rsatkichlar universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi ortib borayotganini, ilmiy maktablar faoliyati takomillashib borayotganini hamda yosh olimlarning ilmiy salohiyati yildan-yilga yuksalayotganini ifodalaydi.

Doktorantura qabul — 2026

Andijon davlat universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul e’lon qiladi (kunduzgi / tayanch doktorantura kvotalari):

  • 01.01.01 – Matematik analiz (tayanch: 1)
  • 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika (tayanch: 1)
  • 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (kunduzgi: 1, tayanch: 2)
  • 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kunduzgi: 1, tayanch: 2)
  • 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (tayanch: 1)
  • 03.00.10 – Ekologiya (tayanch: 1)
  • 03.00.12 – Biotexnologiya (tayanch: 1)
  • 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (kunduzgi: 2, tayanch: 2)
  • 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tayanch: 1)
  • 08.00.13 – Menejment (tayanch: 1)
  • 10.00.01 – O‘zbek tili (tayanch: 1)
  • 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (tayanch: 1)
  • 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (tayanch: 1)

Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati

  • Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka — 3.5-shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida)
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun)
  • Magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (PhD uchun kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis; DSc uchun kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)
  • Pasport nusxasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjati nusxasi (mavjud bo‘lsa)
  • Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (stajyor-tadqiqotchilikka talab etilmaydi)

Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim (daraja.edu.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 5-oktabr — 5-noyabr.