Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Ilmiy jurnallar

«Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin» jurnali

E-ISSN: 2181-306X. Muassis — Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. Rasmiy sayt: ajhuman.uz

2009–2019-yillarda universitet muassisligida «Ilmiy xabarnoma – Научный вестник» (ISSN 2091-5780) nomi bilan ilmiy jurnal chop etilgan. U Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 04-039-raqam bilan ro‘yxatga olingan va 2020-yilga qadar yiliga 4 marta muntazam chiqarilgan.

2019-yilda undan «Ilmiy xabarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari» (ISSN 2181-0702) jurnali ajralib chiqib, mustaqil nashr sifatida chop etila boshladi. 2020-yildan jurnal seriyalarga ajratilgan holda qayta tashkil etilib, «Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin» nomi bilan 2020-yil 7-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 1097-raqam bilan ro‘yxatga olindi.

2025-yil 3-martda jurnal internet global tarmog‘i orqali tarqatiladigan nashr sifatida №676359-raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi (E-ISSN: 2181-306X).

Hozirgi seriyalar (2025)

  • Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies
  • Ilmiy xabarnoma. Seriya: Ijtimoiy fanlar – Scientific Bulletin. Series: Social Research
  • Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Pedagogical Research
  • Ilmiy xabarnoma. Seriya: Biologik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Biological Research

Jurnalning maqsad va vazifalari

Jurnalning maqsadi — mutaxassis va olimlarning ilmiy-uslubiy ahamiyatga molik maqolalari, ilmiy axborotlari, ixtirolari, yangi izlanish natijalari va ularni ishlab chiqarishga qo‘llashga doir tavsiyalarini e’lon qilish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish.

  • Universitetda va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish
  • Ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish
  • Turli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalardagi tadqiqotlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishiga qo‘shimcha imkon yaratish
  • Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko‘maklashish

Jurnal tabiiy, ijtimoiy va gumanitar sohalarga ixtisoslashgan bo‘lib, yiliga 8 marta (har bir seriya 2 marta) chiqadi. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Barcha maqolalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o‘tkaziladi; e’lon qilinish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha bo‘lishi mumkin. E’lon qilingan sonlarning to‘liq matni «Arxiv» bo‘limida joylashtiriladi.

Tahririyat manzili: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi. E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru

«Vodiynoma» jurnali

«Vodiynoma» — universitet olimlari ishtirokida chop etiladigan tarixiy-ilmiy jurnal bo‘lib, unda vodiy va O‘zbekiston tarixi, jadidchilik harakati, qatag‘on qurbonlari xotirasi hamda tarixiy manbashunoslikka oid maqolalar e’lon qilinadi.

2024-yil 2-son (35)

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi «Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish» qarori (to‘liq matn)
  • O‘zbekiston qirg‘izlariga oid tarixiy-etnografik ma’lumotlar — Otabek Abduraupov
  • O‘sh davlat universitetida bo‘lib o‘tgan qirg‘iz xalqi tarixiga oid xalqaro anjuman — M.Xudoyorov, J.Iminov, A.Mahkamov
  • Ta’lim bor joyda tarbiya bo‘lishi shart — prof. Akramjon Yuldashev
  • Andijonlik jadidlar – qatag‘on qurbonlari — R.Shamsutdinov, A.Mahkamov, N.Akbarova
  • «Katta terror»da qatag‘on qilingan milliy rahbar xodimlar — R.T.Shamsutdinov
  • Jadid Abdurahmon Abdullaxonov – qatag‘on qurboni — R.T.Shamsutdinov, N.Akbarova
  • Muhammad Odiliy — R.T.Shamsutdinov
  • Xodiev (Botu) Mahmud Maqsudovich — R.T.Shamsutdinov
  • DARXON gazetasi, 1923-yil 10-avgust, 13-son (tarixiy matbuotdan)
  • O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi vujudga kelishi tarixidan — Azizbek Mahkamov
  • Fayzulla Sultonov – «Katta terror» qurboni — Rustambek Shamsutdinov
  • Bahodir Jo‘raevich Eshov 60 yoshda
  • Jadidlar (she’r) — Faridaxon Hoshimova
  • Yangi chop etilgan tarixiy kitobga taqriz

2025-yil 1-son (38)

  • Jadidchilikni o‘rganish masalalariga doir mulohazalar — prof. Rustambek Shamsutdinov
  • Qatag‘on qurbonlari – jadidlar: Sattor Xo‘jayev, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Abdulhamid Cho‘lpon
  • Mullo Xolbek ibn Muso Andijoniy – yetuk shoir va tarixnavis — Iskandar Madg‘oziyev
  • Milliy ozliklar va xorijliklar – qatag‘on qurbonlari
  • История казахов: О попытках прочтения этнонима «қарлуқ» как «қазақ» — T.Chorotegin
  • «Tarixiy xotira beqiyos» kitobi haqida mulohazalar
  • Qatag‘on qurboni bo‘lgan prokurorlarning xotirasi mangu yashaydi — O‘.Ubaydullayev, J.Iminov, A.Mahkamov
  • O‘zbekistonlik mahbuslar Moskva–Volga kanali qurilishida — J.Hasanov
  • O‘rta Zarafshon vohasida Karmana shahri shakllanishi va toponimikasi tarixidan — J.Savriyev
  • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 60 yoshda — R.Shamsutdinov, G.Valixonova

2025-yil 2-son (39)

  • Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi 475 yilligining nishonlanishi — F.Nabiyev, B.Jumonqulov
  • Milliy yuksalish jarayonida tarix fani oldidagi dolzarb muammolar — F.Nabiyev, B.Jumonqulov
  • Turkiston o‘lkasida safarbarlikka qarshi xalq harakatlari — S.To‘raxo‘jayev
  • 1937–1938-yillardagi «Katta terror»da Ukrainada qatag‘on qilingan o‘zbeklar — R.Shamsutdinov, A.Mamajonov, M.Akbarova
  • 1937–1938-yillardagi «Katta terror»da Shimoliy Kavkazda qatag‘on qilingan o‘zbeklar — R.Shamsutdinov, A.Mamajonov, M.Akbarova
  • 1937–1938-yillardagi «Katta terror»da Shimoliy Qozog‘istonda qatag‘on qilingan o‘zbeklar — R.Shamsutdinov, A.Mamajonov, M.Akbarova
  • Jonkuyar jadid tarixchisi — U.Quvvataliyev
  • O‘rganilishi lozim bo‘lgan jadidchi «Milliy qo‘mita» tashkiloti haqida — R.T.Shamsutdinov, A.Maxkamov
  • Qatag‘on qilingan jadidlar va ziyolilar (O.Dadaxo‘jayev, M.Xo‘jayev, Q.Yunusov, H.Hismatov, X.Ataullayev, M.Odiliy, A.Abduvaxobxo‘jayev, A.Yo‘ldoshqoriyev, M.Karimboyev, A.Aydarov) — R.Shamsutdinov, A.Maxkamov, N.Akbarova
  • Tergov qiynog‘ida halok bo‘lgan Davlat Rizayev fojiasi hujjatlarda — R.Shamsutdinov, A.Maxkamov, N.Akbarova
  • Bir kunda qatl etilgan respublika yoshlari yetakchilari — R.Shamsutdinov, A.Maxkamov, N.Akbarova
  • O‘zbekistonlik mahbuslar Moskva–Volga kanali qurilishida — Jasur Hasanov
  • Janubiy Ural sanoat korxonalariga safarbar qilingan mehnat armiyachilarining moddiy-maishiy va oziq-ovqat ta’minoti — Xurshid Qurbonov
  • Davlat boshqaruvida ayolning roli — Ozoda Islamova
  • DARXON gazetasi, 1923-yil 22-avgust, 16-son — R.T.Shamsutdinov, Sh.Qahhorov
  • Отзыв на книгу «Жертвы большого террора (1937–1938 гг.)» — Zeynalova Mahfuza

2025-yil 3-son

  • Xorazm jadidchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va farqli jihatlari — Umid Bekmuhammad
  • Jadidchi «Alamzadalar jamiyati» — R.Shamsutdinov, A.Mahkamov
  • Jadid ma’rifatparvarlari merosi – «Uchinchi Renessans» poydevori — Bahodir Ma’murov
  • «Jadid gazetasi kutubxonasi»da chop etilgan maqolalar to‘plami — Sh.Hayitov, A.Hamroyev
  • Bir yillik faoliyat sarhisobi — Muxtorjon Xudoyorov
  • Andijonda tarix muzeyi shakllanishiga doir — Islomjon Karimov
  • Vodiyning nozikta’b ijod sohibi — O.Barziyev, M.Abduqahhorova
  • Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilishi va Farg‘ona vodiysidagi qurolli qarshilik harakati — Anvarjon Abduqahhorov
  • Jo‘rabek Toshmuhammedov – qatag‘on qurboni — R.T.Shamsutdinov, K.N.Baltabayeva
  • Fojiali taqdirlar — R.Shamsutdinov, A.Mahkamov
  • Jumaboy Qurbonov — S.Nurjanov, A.Kudiyarov, A.Alimbetov