Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

KARIMBERDIYEV AKMALJON AZIMJON O`G`LI
Rahbar

KARIMBERDIYEV AKMALJON AZIMJON O`G`LI

Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Telefon+998934110607Elektron pochtaakmaljonkarimberdiyev@adu.uzQabul kunlariDushanba–Juma, 8:00–16:00

Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi haqida

Andijon davlat universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, Andijon davlat universiteti Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari

  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish, ro'yxatga olish va ijrochilarga yetkazish
  • Murojaatlarning qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishini nazorat qilish
  • Rektor virtual qabulxonasi va ishonch telefoni faoliyatini yuritish
  • Murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolar bo'yicha rahbariyatga takliflar kiritish
  • Ijro intizomi monitoringini olib borish va hisobotlar tayyorlash

Amalga oshirilgan ishlar

1. Tashkiliy ishlar va nazorat

Mas'ul shaxs: Prezident virtual qabulxonasi bilan ishlashga bo‘lim boshlig‘i A.Karimberdiyev tayinlangan.

Nazorat: Murojaatlar hisobini yuritish uchun 4 kishidan iborat doimiy ishchi guruh faoliyat yuritadi.

Muhokama: Murojaatlar holati muntazam ravishda rektor huzuridagi yig‘ilishlarda va universitet Kengashida ko‘rib chiqiladi.

2. Murojaatlar statistikasi (Jami: 36 ta) Joriy yilning 6 oyi davomida barcha murojaatlar o‘z muddatida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, kelib tushish manbalari quyidagicha:

Elektron murojaatlar (pochta orqali): 14 ta

Virtual qabulxona orqali: 10 ta

Og‘zaki murojaatlar: 10 ta

Yozma murojaatlar: 2 ta

3. Murojaatlarni hal etish natijalari (Virtual qabulxona misolida) Kelib tushgan 10 ta virtual murojaatdan:

6 tasi ijobiy hal qilingan;

4 tasiga tegishli tushuntirishlar berilgan.

4. Murojaatlarning asosiy mazmuni Fuqarolar va talabalar asosan quyidagi masalalarda murojaat qilishgan:

O‘quv jarayonlari va kredit-modul tizimi;

To‘lov-kontrakt masalalari;

OTMga qabul va sirtqi ta’limda o‘qish;

Yakuniy davlat imtihonlarini topshirish va diplom olish.

Tegishli me'yoriy hujjatlar

Bo'lim xodimlari5

Muminova Faridaxon Tulashevna

Muminova Faridaxon Tulashevna

Ish yurituvchi

+998914861011

Mardonova Gulsoraxon Pazilovna

Mardonova Gulsoraxon Pazilovna

Ish yurituvchi

998914824559

Jalilov Nadirjan Sayfutdinovich

Jalilov Nadirjan Sayfutdinovich

Bosh mutaxassis

998905433115

Dadaxujayeva Lazokatxon G'aniyevna

Dadaxujayeva Lazokatxon G'aniyevna

Bosh mutaxassis

+998934268367

Madaminov Mirsaid Ulug'bek o'g'li

Madaminov Mirsaid Ulug'bek o'g'li

Arxiv mudiri

998916048482