Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi
Shamsutdinov Rustambek Temirovich
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 31 avgustda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurganida bu muzey muzeylarning muzeyi bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, Andijonda ham, Qoraqalpog‘istonda ham, Xorazmda ham, Qashqadaryoda ham, har bir viloyatining markazida yoki universitetining qoshida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini ochishimiz kerak deb ko‘rsatgan edi. Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi universitetning 1000 o‘rinli o‘quv binosining 1-qavatida joylashgan bo‘lib 741 kv. metr joyni egallagan. Muzeyning ekspozitsion zallari – 9 ta zal va bitta koridordan, shuningdek, bino fasadidagi ikkita pannolardan iborat. Arxiv va fondlar, xodimlar uchun alohida xona, bitta qo‘shimcha omborxona mavjud. Bino 2021 yili ta’mirlangan. Muzey ekspozitsiyalari to‘liq yaratilgan bo‘lib bugungi kunda ham eksponatlarni boyitish va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeyda 4 ta kompyuter, 5 ta infokiosk, 1 ta televizor, 1 ta proyektor, 10 ta videokamera bor. Muzey universitetning internet va telefon tarmoqlariga ulangan va horij tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari mavjud.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Qatag'on davri tarixiga oid hujjat, foto va ashyoviy manbalarni to'plash, saqlash va ilmiy tavsiflash
- Doimiy va ko'chma ko'rgazmalar tashkil etish, ekskursiyalar o'tkazish
- Talabalar uchun tarixiy xotira darslari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirish
- Qatag'on qurbonlari merosini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga ko'maklashish
- Muzey fondini elektron katalogda hisobga olish
Tegishli me'yoriy hujjatlar
Bo'lim xodimlari6
Turdiboyeva Madinabonu Sharobiddin qizi
Katta ilmiy xodim
+998331248584
Maxkamov Azizbek Komiljon o'g'li
Katta ilmiy xodim
+998945658290
Akbarova Nigoraxon Qaxramonjon qizi
Muzey kuzatuvchisi
+998954540352
Mirzaxmedov Zoxidjon Pazilovich
Ekskursiya yetakchisi
+998332315456
Alimov Baxtiyor Shavkatovich
Kichik ilmiy xodim
+998993299007
Iminov Jasurbek Tulkunovich
Katta ilmiy xodim
+998934427775