Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Jo‘rayev Muhammadjon Durbek o‘g‘li
Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari
Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi haqida
Andijon davlat universiteti (AndDU) Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi — universitetning o'quv va boshqaruv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamli ta'lim muhitini rivojlantirish, tarmoq va server infratuzilmasining barqaror ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanuvchi tarkibiy bo'linma hisoblanadi.
Markaz dastlab 2001-yilda, Vazirlar Mahkamasining 230-son qarori (23.05.2001) va OO'MTVning 23-son buyrug'i (25.01.2001) asosida «Axborot texnologiyalari markazi» nomi bilan tashkil etilgan; 2017-yilda vazirlikning namunaviy shtatlar to'g'risidagi ko'rsatmasiga muvofiq hozirgi nomga o'tgan. Markazning amaldagi Nizomi Prezidentning PF-5349-son (2018) va PF-6079-son «Raqamli O'zbekiston — 2030» (2020) farmonlari ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, universitet Kengashining 2022-yil 17-fevraldagi 8-son yig'ilishida tasdiqlangan. Markaz rahbari rektor buyrug'i bilan tayinlanadi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
Elektron ta'lim va o'quv jarayoni
- «Elektron ta'lim» milliy tizimi bilan bog'liq ishlarni yuritish, HEMIS tizimida universitetga oid ma'lumotlarni to'ldirish
- Moodle kabi masofaviy ta'limni boshqarish tizimlarini texnik qo'llab-quvvatlash
- Elektron darsliklar va metodik komplekslar bazasini yaratish hamda yangilab borish
- Talabalar va professor-o'qituvchilar uchun AKT bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish
Texnik infratuzilma va axborot xavfsizligi
- Kompyuter sinflari, tarmoq va serverlarning ishga layoqatliligini ta'minlash
- Universitet rasmiy veb-saytini yuritish va yangilab borish
- Yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritish, tarmoqqa kirishni nazorat qilish
- Axborot xavfsizligiga tahdidlar to'g'risida universitet rahbariyatini o'z vaqtida xabardor qilish va axborotni muhofaza qilish bo'yicha konsultatsiya xizmatlari ko'rsatish
- Internet va elektron pochta xizmatlarining barqaror ishlashini ta'minlash
Boshqaruv va nazorat
- Tarkibiy bo'linmalardagi kompyuter va dasturiy vositalardan foydalanishni nazorat qilish
- Elektron hujjat almashinuvi tizimidan foydalanishni nazorat qilish
- AKT xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini kuzatish va buzilish holatlarida rahbariyatga takliflar kiritish
Amalga oshirilgan ishlar
So'nggi davrda Markaz tomonidan universitetning raqamli infratuzilmasini zamonaviylashtirish, Internet va tarmoq xizmatlari sifatini oshirish hamda axborot xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.
Veb-saytlar va raqamli xizmatlar
Universitetning onlayn maydonini kuchaytirish va foydalanuvchilarga qulay xizmat ko'rsatish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:
- Universitetning rasmiy veb-sayti (adu.uz) to'liq qayta ishlab chiqildi — zamonaviy dizayn, qulay tuzilma va yangilangan interfeys asosida
- Universitetning korporativ elektron pochta tizimi zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etildi
- «Qatag'on qurbonlari» muzeyi uchun alohida veb-sayt ishlab chiqildi
Tarmoq va Internet infratuzilmasi
Universitet hududida barqaror va tezkor Internet aloqasini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi:
- O'quv binolari va talabalar turar joylarida (TTJ) Internetdan foydalanish uchun jami 60 ta Wi-Fi nuqtasi o'rnatildi
- Universitetning tarmoq tuzilmasi qayta segmentlandi va optimallashtirildi
- Internet liniyalari optimallashtirilib, ularning soni 19 tadan 8 taga tushirildi va ulanish tezligi sezilarli darajada oshirildi. Bunda universitet xodimlari va professor-o'qituvchilar, Wi-Fi tarmog'i, serverlar hamda videokuzatuv kameralari uchun alohida-alohida liniyalar ajratildi
Server infratuzilmasi va axborot xavfsizligi
Universitet axborot tizimlarining xavfsizligini ta'minlash va serverlardan unumli foydalanish yuzasidan quyidagilar amalga oshirildi:
- Tarmoqlararo ekran (firewall) qayta sozlandi hamda serverlar 6 tadan 2 taga optimallashtirilib, qaytadan ishga tushirildi
- Serverlardan unumli foydalanish maqsadida 8 ta fizik serverdagi tizimlar 2 ta serverga jamlandi va VMware platformasi asosida virtualizatsiya joriy etildi
Amalga oshirilgan ishlar universitetning raqamli ta'lim muhitini yanada mustahkamlash, Internet va tarmoq xizmatlari sifatini oshirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi kelgusida ham universitetni raqamlashtirish yo'nalishidagi ishlarni izchil davom ettiradi.
Tarkibiy bo'linmalari
Markaz Nizomiga muvofiq uning tarkibida to'rtta bo'lim faoliyat yuritadi:
- Raqamli ta'lim texnologiyalarini joriy etish bo'limi — axborot tizimlari va elektron ta'lim platformalarini joriy etish
- Tarmoqlarni boshqarish bo'limi — lokal tarmoq va internet infratuzilmasini boshqarish
- Texnik qo'llab-quvvatlash bo'limi — kompyuter texnikasi va qurilmalarga texnik xizmat ko'rsatish
- Axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi — axborot xavfsizligi siyosati va himoya vositalarini yuritish
Markaz jamoasi direktor rahbarligida bo'lim boshliqlari, muhandis-dasturchilar, tizim va tarmoq administratorlari, texnik mutaxassislar, kontent-menejerlar hamda veb-dizaynerdan tashkil topgan.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
Bo'lim xodimlari14

Komilov Muhammad Abdulloh Muxtorjon o'g'li
Raqamli taʼlim texnologiyalarini joriy etish boʻlimi boshligʻi
+998 90 200 04 16

Bozorboyev Ne'matillo To'lqinboy o'g'li
Muhandis-dasturchi
+998 94 388 97 11

Abduraimov Ziyovuddin Zafar o'g'li
Muhandis-dasturchi
+998907702355

Abduraxmonov Muhammadqodir Dilshodbek o'g'li
Texnik-elektronchi
+998331548514
Tashmatova Maloxatxon Muhammadjon qizi
Muhandis-dasturchi
+998972732990

Usmonov Azizxon Baxtiyorjon o'g'li
Komputer zali mudiri
+998999881324
Qobiljonov Odiljon Yodgorjon o'g'li
Muhandis-elektronchi
+998 94 482 13 11

Olimjonov Faxriddin Nurmuhammad o'g'li
Texnik
+998978377075
Abduraxmonov Samandar Doniyorbek o'g'li
Kontent-menedjer
+998 93 326 36 23
Jo'rayev To'xtasin Arabboy o'g'li
Tarmoq administratori
+998 93 961 02 69
Mamadaliyev Ilxomjon Fazildjanovich
Videoyozuv operatori
+998 77 001 01 78

Sharofuddinov Azizbek Shuxratjon o'g'li
Tarmoqlarni boshqarish bo'limi boshligʻi
+998 97 973 73 29

Botirov Muhammadalixon Isroiljon o'g'li
Axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi boshligʻi
+998 90 259 11 10

Nizomiddinov Husanjon Niyozitdin o'g'li
Texnik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi
+998 94 442 77 97