Talabalar amaliyoti boʻlimi

Do'lanjonov Ravshanbek Uktamjon o'g'li
O‘quv uslubiy boshqarmaning Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
Talabalar amaliyoti boʻlimi haqida
O‘quv uslubiy boshqarmaning Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
Andijon Davlat Universiteti Talabalar amaliyoti bo'limi 2025-yil sentabr oyida tashkil etilgan bo'lib unda asosan talabalar amaliyoti, hamda bitiruvchilar bandligini monitoring qilish bilan shug'ullanadi.
Bo'lim talabalarning malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etadi, korxona va tashkilotlar bilan amaliyot bazalari bo'yicha shartnomalar tuzilishini muvofiqlashtiradi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Amaliyot turlari bo'yicha yillik reja-jadvallarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish
- Korxona, muassasa va tashkilotlar bilan amaliyot bazasi shartnomalarini tuzish
- Amaliyot rahbarlarini tayinlash va ularning hisobotlarini qabul qilish
- Amaliyot davomida talabalar davomati va topshiriqlar bajarilishini monitoring qilish
- Amaliyot yakunlari bo'yicha himoyalarni tashkil etish va natijalarni tahlil qilish
- Ish beruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash orqali bitiruvchilar bandligiga ko'maklashish
Amalga oshirilgan ishlar
Andijan davlat universiteti bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
“Kelajakka qadam” dasturi:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida bitiruvchilarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Hozirga qadar 133 nafar bitiruvchiga 4 mlrd 350 mln so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.
Amaliyot va ishga joylashish:
Bitiruvchilarning amaliyot o‘tash xarajatlarini moliyalashtirish bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazilmoqda. Amaliyot bazalarini kengaytirish maqsadida 52 tadan ortiq yangi tashkilot bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Dual ta’lim:
Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun 844 ta korxona va tashkilot bilan dual ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
Monitoring va tadbirlar:
Bitiruvchilar bandligi Career.edu.uz platformasi orqali muntazam nazorat qilinmoqda. Shuningdek, “Karyera kunlari”, “Mehnat yarmarkalari” va “TalabaExpo-2026” kabi tadbirlar orqali ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tashkil etilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda ularning zamonaviy mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
- «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-637, 23.09.2020)
- Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PF-5847, 08.10.2019)
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik loyihalarini qo'llab quvvatlash orqali yoshlarbandligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarori
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" qarori
Bo'lim xodimlari3
Yunusov Bexzod Alijon o'gli
Bosh mutaxassis
+998-90-380-10-50
Fozilov Murodjon Marifjon o'g'li
Bosh mutaxassis
+998-99-645-67-67
Madaminov Muslimbek Ma'rufjon o'g'li
Bosh mutaxassis
+998-94-384-49-40