Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi

Umarov Xusanboy Rustamovich
Rahbar

Umarov Xusanboy Rustamovich

Bo'lim boshlig'i

Telefon+998 94 094 77 00Elektron pochtaxuanumarov@adu.uzQabul kunlariDushanba–Juma, 8:00–16:00

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi haqida

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi oliy ta’lim tashkilotida kunduzgi, muqobil, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim o‘quv jarayonining sifatini nazorat qiladi, yakuniy va davlat attestatsiyalarini tashkil etadi, professor-o‘qituvchilar yuklamalarini rejalashtiradi hamda talabalar bilan bog‘liq o‘quv jarayonlarini boshqaradi

Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari

  • Dars jadvallarini tuzish va ularning ijrosini kunlik nazorat qilish
  • Auditoriya fondidan samarali foydalanishni taqsimlash
  • O'qituvchilar dars o'tishi va talabalar davomatining operativ monitoringini yuritish
  • Dars qoldirilishi holatlarida o'rinbosarlikni tezkor tashkil etish
  • O'quv jarayoniga oid statistik ma'lumotlarni umumlashtirish

Amalga oshirilgan ishlar

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limining hisobot davridagi faoliyati qisqacha quyidagicha:

Ta’limni tashkil etish va rivojlantirish

Kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarini takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ijrosi ta’minlandi hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Nazorat va monitoring

Semestr yakuniy nazoratlari shaffof va jadval asosida o‘tkazildi. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muntazam tahlil qilinib, past o‘zlashtiruvchi talabalar bilan ishlash bo‘yicha kafedralarga tavsiyalar berildi.

Innovatsiya va sifat

Professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli platformalardan foydalanishi monitoring qilindi. Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari ilmiy va amaliy ahamiyati bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlandi.

Muvofiqlashtirish va tarbiyaviy ishlar

O‘quv yuklamalarining bajarilishi nazorat qilindi. Fakultetlar bilan hamkorlikda talabalarning davomati, tartib-qoidalarga rioya etishi va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi.

Boshqaruv faoliyati

Kengash va rektorat yig‘ilishlarida ta’lim sifatini oshirishga oid takliflar kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilinishi ta’minlandi.

Bo‘lim yuklatilgan vazifalarni tizimli bajardi. Kelgusida ta’lim jarayonini xalqaro standartlar va raqamli texnologiyalar asosida yanada takomillashtirish ustuvor maqsad etib belgilandi.

Tegishli me'yoriy hujjatlar

Bo'lim xodimlari4

Urayimov Jahongir Tulanboy o‘g‘li

Urayimov Jahongir Tulanboy o‘g‘li

Uslubchi

+998335645674

Mirzayeva Dildoraxon Botirjonovna

Mirzayeva Dildoraxon Botirjonovna

Uslubchi

+998916095878

Nazarova Maqsudaxon Maxmudovna

Nazarova Maqsudaxon Maxmudovna

Uslubchi

+998981654635

Tursunboyev Shaxboz Sherbek o'g'li

Tursunboyev Shaxboz Sherbek o'g'li

Uslubchi

+998331564878