Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi

TOSHPOLATOVA SOBIRAKXON YULDASHEVNA
Rahbar

TOSHPOLATOVA SOBIRAKXON YULDASHEVNA

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi

Elektron pochtasobiraxon@adu.uzQabul kunlariDushanba–Juma, 8:00–16:00

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi haqida

Andijon davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyati O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi.

Kengash faoliyatini tartibga soluvchi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-avgustdagi 316-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan. Mazkur Nizom Andijon davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, tarkibini shakllantirish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF–87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2023-yil 21-dekabrdagi PF–208-son “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, PQ–401-son “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2025-yil 14-martdagi PQ–103-son “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiradi.

Shuningdek, Kengash faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 2025-yil 15-iyuldagi 441-son qarori hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilinadi.

Kengash universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va tahsil olayotgan talaba-qizlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, ilmiy, kasbiy va ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, gender tenglik tamoyillarini qaror toptirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi.

Kengash tomonidan xotin-qizlar va talaba-qizlarning murojaatlari muntazam o‘rganiladi, ularga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, iqtidorli va tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy, ijodiy va jamoatchilik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi.

Kengashning asosiy vazifalari

Xotin-qizlar maslahat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining oliy ta’lim muassasasida samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish
  • Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda ta’lim muassasasi hayotidagi ishtirokini oshirish
  • Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda alohida e’tibor talab etadigan talaba-qizlar va xodimlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda moddiy yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashish
  • Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlariga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
  • Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq, zo‘ravonlik, kamsitish va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish choralarini ko‘rish
  • Talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi, ma’naviyati, muomala madaniyati va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish
  • Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish
  • Iqtidorli, tashabbuskor, ilmiy-tadqiqot, ijod, sport va jamoatchilik faoliyatida faol xotin-qizlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash
  • Xotin-qizlarni davlat mukofotlari, stipendiyalar, ko‘rik-tanlovlar va boshqa rag‘batlantirish shakllariga tavsiya etish bo‘yicha takliflar kiritish
  • Xotin-qizlar o‘rtasida seminar, davra suhbati, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, sport musobaqasi va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish
  • Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla, ota-onalar va boshqa jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
  • Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni muntazam o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga taklif va tavsiyalar kiritish

Tegishli me'yoriy hujjatlar