Bobur Rashidov

Ixtirochilar
Bobur Rashidov
PhD, Kondensirlangan muhit fizikasi kafedrasi
Yarimo'tkazgichlar fizikasi«Kremniy quyosh elementlarida flekso-fotovoltaik effekt tadqiqotchisi»
Bobur Rashidov yassi p-n o'tishli mono- va polikristall kremniy tizimlarida lokal mexanik zo'riqishning fotoelektrik energiya o'zgartirish jarayonlariga ta'sirini o'rganadi. Tadqiqotlari yangi flekso-fotovoltaik effekt bilan bog'liq qonuniyatlarni tajribada aniqlash va nazariy asoslashga qaratilgan. U ilmiy ishlar bilan birga fizika ta'limi uchun virtual laboratoriya dasturlari ham yaratgan.
Asosiy yutuqlar
- FAP 01973 «Quyosh suv ko'tarish qurilmasi» (2022) hammuallifi
- Fizika ta'limi uchun bir nechta EHM dasturi guvohnomasi (DGU)
- Digest Journal of Nanomaterials and Biostructures (2024) maqolasi