Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Huquq va ma’naviyat asoslari

Amirxo‘jayev Shukurjon Qurbonovich
Kafedra mudiri

Amirxo‘jayev Shukurjon Qurbonovich

Telefon+998 91 485 77 76Elektron pochtashukurjonamirxojayev484@adu.uzQabul kunlariHar kuni, 14:00-18:00

Kafedra haqida

Bugungi kunda yosh avlodning ma’naviy barkamolligi, huquqiy ongini yuksaltirish, milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarni chuqur anglaydigan, zamonaviy pedagogik va huquqiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. Shu jihatdan “Huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tomonidan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni ushbu yo‘nalishning mazmun-mohiyatini chuqur o‘zlashtirgan, yuqori malakali kadrlarni yetishtirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Kafedrada 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha talabalar zamonaviy ijtimoiy-gumanitar jarayonlarni anglaydigan, huquqiy madaniyat va ma’naviy dunyoqarashga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tayyorlanadi. O‘zbekiston yoshlari orasida ma’naviyatni yuksaltirish, huquqiy madaniyatni oshirish, milliy g‘oya va mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida ta’lim tizimida yangi, ilmiy-metodik jihatdan puxta yondashuvlarni joriy etish zarurati paydo bo‘ldi. Shu maqsadda Andijon davlat universiteti tarkibida ushbu sohalarda ilmiy maktab yaratish, malakali pedagog va mutaxassis kadrlar tayyorlashni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi negizida yangi “Huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Mazkur tashabbus universitet ilmiy kengashi tomonidan ma’qullanib, 2025-yilda rasmiy ravishda “Huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraning tashkil etilishi:

• milliy g‘oya va ma’naviyat asoslarining ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘qitilishini ta’minlash; • huquqiy-demokratik jamiyat qurilishiga xizmat qiladigan pedagog kadrlar salohiyatini kuchaytirish; • yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash; • ma’naviy-ma’rifiy siyosatni ilmiy asoslarda o‘qitish va amaliyotga tatbiq etish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Kafedrada hozirda jami 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari professor, 7 nafari dotsent, 6 nafari katta o‘qituvchi va 5 nafari assistent o‘qituvchilardir. 2025-yil 2-sentabrdan boshlab kafedra mudiri lavozimida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Amirxo‘jayev Shukurjon Qurbonovich faoliyat olib bormoqda.

  • 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (kunduzgi, kechki)

Talabalarning kafedrada o‘qitiladigan fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada fan to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garaklar ishtirokchilari va kafedra fanlaridan iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik va ilmiy faoliyatlarini yoshlarni tarbiyaviy ishlari bilan birgalikda olib borishmoqda.

  • “Tadbirkorlik huquqi” darslik
  • “Oila ma’naviyati” darslik
  • “Oila huquqi asoslari ” o‘quv qo‘llanma
  • “Ma’naviyatshunoslik” o‘quv qo‘llanma
  • “Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun fuqarolik- huquqiy javobgarlikni takomillashtirish” o‘quv qo‘llanma
  • “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” o‘quv qo‘llanma
  • “Milliy g’oyaning shakilllantirishda jadidlarning falsafiy-axloqiy qarashlarining tasiri” uslubiy qo‘llanma
  • “O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining umumiy qoidalarida jinoyat qonunining tutgan o'rni” monografiya

Ilmiy faoliyat

KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • “Jinoyat huquqi” darslik
  • “Mamuriy huquq” darslik
  • “Bola huquqlar” darslik
  • “Tadbirkorlik huquqi” darslik
  • “Oila ma’naviyati” darslik
  • “Milliy mafkura” darslik
  • “Oila huquqi asoslari ” o‘quv qo‘llanma
  • “Ma’naviyatshunoslik” o‘quv qo‘llanma
  • “Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun fuqarolik- huquqiy javobgarlikni takomillashtirish” o‘quv qo‘llanma
  • “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” o‘quv qo‘llanma
  • “Milliy g’oyaning shakilllantirishda jadidlarning falsafiy-axloqiy qarashlarining tasiri” uslubiy qo‘llanma
  • “O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining umumiy qoidalarida jinoyat qonunining tutgan o'rni” monografiya

Ta'lim yo'nalishlari

  • 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (kunduzgi, kechki)

O'qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Ma’naviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari
  • Davlat va huquq nazariyasi tarixi
  • Dinshunoslik (o’zbek) (rus)
  • Ekstremizm vaterrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy marifiy asoslari
  • Yangi taxrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish

Magistratura:

Professor-o'qituvchilar12