Sport va madaniyat fakulteti

Jumaqulov Zoxidjon Patidinovich
Fakultet haqida
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti, sobiq Andijon davlat pedagogika institutining Kimyo-biologiya fakulteti qoshida “Jismoniy tarbiya” bo’limi sifatida 1958-yil tashkil qilindi. Shu vaqtda Kimyo-biologiya fakulteti dekani G.Sh.Ilyasov bo’limga bevosita rahbarlik qildi. Shu yil jismoniy tarbiya mutaxassisligiga talabalar qabul qilindi.
1964-yilda kimyo, biologiya fakultetlari alohida mustaqil fakultetlarga ajratildi. Jismoniy tarbiya bo’limi biologiya fakulteti ixtiyoriga o’tkazildi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.X.Yunusov tayinlandi. Kafedralar soni ko’paydi, ularga iqtidorli yoshlar qabul qilindi. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.L.Myasnikov shu dargohda ish faoliyatini o’qituvchidan boshlab fakultet dekanigacha bo’lgan hamma bosqichlarni bosib o’tdi. Umrining so’nggi daqiqalarigacha yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdek oliyjanob ishga sarflab keldi.
Kurash bo’yicha G.G.Ayvazov, V.A.Alyoxin basketbol, R.R.Murtazin gimnastika, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Gaydes jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’yicha yoshlarga ta’lim-tarbiya berdilar.
1965-yil “Jismoniy tarbiya” fakulteti mustaqil fakultet bo’lib ajralib chiqdi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi O.Z.Ergashev tayinlandi. Fakultetga talabalar o’zbek va rus guruhlariga alohida-alohida qabul qilindi. Fakultetning moddiy bazasi yaxshilandi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar qilindi. Fakultet talabasi F.Pak boks bo’yicha sobiq SSSR, Yevropa birinchiligida g’alabalarga erishib xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi, fakultetning obro‘yi va nufuzi butun Respublikaga tanila boshladi.
1966 yil fakultetga tarix fanlari nomzodi, dotsent R.T.Komilov dekan etib tayinlandi. Fakultet terma jamoalari shahar, viloyat, Respublika birinchiligi musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib fakultetda sportning klassik kurash va milliy kurash hamda sambo turlari bo’yicha SSSR sport ustalari etishib chiqdilar.
1974 yilda fakultet dekani etib fakultetda uzoq yillar ishlab kelgan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.D.Myasnikov tayinlandi. Fakultetning o’qituvchilari SH.Abdullaev va N.Qoraboevlar taniqli olimlar tibbiyot fanlari doktorlari T.Muravyov hamda A.Yarotskiylarning ilmiy rahbarligi va maslahatchiligi ko’magida ilmiy izlanishlar boshlandi. Talabalarni sportdagi muvaffaqiyatlari ham sezilarli darajada ortib bordi. Fakultet talabalari shahar, viloyat va Respublika miqyosidagi musobaqalarda qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultetda 2 ta “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Sport o’yinlari va jismoniy tarbiya” kafedralari faoliyat ko’rsata boshladi. Fakultetga bir qancha iqtidorli yoshlar o’qituvchilikka qabul qilindi. O.J.Cholakov, N.K.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi A.M.O’rinboev, V.S.Bayramova, Sh.G.Saidjonov, A.Madaminov, A.Mamatoxunovlarga o’zlarining ustoz va murabbiylar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bordilar. Ular rahbarligida sport mahoratini oshirish guruhlarida shug’ullangan talabalar shahar, viloyat va Respublika birinchiligi musobaqalarida bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultet talabalari bir qancha yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnasha boshladilar. Og’ir atletika O.Turg’unov o’z og’irligi bo’yicha rekord o’rnatib, Xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi. Sobiq SSSR terma jamoa tarkibiga kiritildi. Fakultet talabalari S.Ulmasova 3000 m yugurishda SSSR va jahon rekordini o’rnatib SSSRda xizmat ko’rsatgan sport ustasi unvonini oldi. 1000 m ga yugurishda talaba Z.Axtyanova sobik SSSR rekordini o’rnatib xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi normasini bajardi. Andijonda chim ustida xokkey qizlar jamoasi vakillari, fakultet talabalari L.Axmedova, N.Nabatnikovalar SSSR birinchiligi g’olibligini qo’lga kiritib fakultetning nufuzli, butun mamlakat bo’ylab yoyilishida munosib ulush qo’shdilar.
Undan so‘ng fakultetga E.K.Xalilov (1988-1997) I.Mamatoxunov (1997-2000), N. Yuldashev(2000-2008), S.Niyazov (2008-2010), X.X. Soliev (2010-2013), B.M.Nosirov (2013-2020) ishlab keldilar, Z.Jumaqulov 2020- yildan hozirgi kunga qadar dekan lavozimida boshqarib kelmoqda. 2024-yildan jismoniy madaniyat fakulteti Sport va san’at fakultetiga o’zgartirildi, 2025-yildan esa Sport va madaniyat fakulteti etib faoliyat olib bormoqda.
Dekan o'rinbosarlari

Dekan o'rinbosari
Solaydinov Elmurod Shoroidinovich
Kafedralar
Tasviriy va amaliy san’at
Kafedra mudiriAbdujalolov Sardor Abdujalol o‘g‘liMusiqa ta’limi
Kafedra mudiriAhmedov Sharifjon MamirdjanovichYakka kurash sport turlari
Kafedra mudiriMamadaliyev Qudratbek MaribovichFakultetlararo jismoniy tarbiya va sport
Kafedra mudiriMadaminov Xayrullo AxmadjanovichTyutorlar5




