Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Musiqa ta’limi

Ahmedov Sharifjon Mamirdjanovich
Kafedra mudiri

Ahmedov Sharifjon Mamirdjanovich

Telefon+998978312244Elektron pochtasharif.music73@mail.ruQabul kunlariHar kuni, 14:00-18:00

Kafedra haqida

Musiqa san’ati kafedrasi 1998 yili sentyabr oyida Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti qoshida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi sifatida tashkil etilgan.

O‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan, dutor, rubob, doira, afg‘on rubobi, dutor bas, tanbur, g‘ijjak kabi cholg‘u asboblari, hamda har bir xona fortepiano cholg‘u asbobi bilan ta’minlandi. Fonoteka xonasi barpo qilindi va 100 dan ortiq magnit lentalari olib kelindi va alohida ro‘yxatga olindi. Moddiy jarayon o‘rniga qo‘yilgandan keyin sifat ko‘rsatqichi yaxshilandi.

Kafedra salohiyatini yaxshilash maqsadida kafedraga musiqa pedagogika fanlari nomzodi, professor X.Nurmatov jalb etildi. O‘zbekiston xalq artisti professor G‘.Xojiqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Boymatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.Hamidov kabi mutaxassis olimlar kafedrada faoliyat ko‘rsatdilar.

2004-yil Abdulla A’zam qalamiga mansub “Orzular qanotida” spektakli (pastanovkachi rejissyor T.Hamidov) sahnalashtirildi. 2005-yil oliygohlar ichida birinchi bo`lib “Orzular qanotida” talabalar telenovellasi sur`atga olindi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri tomonidan rag`batlantirildi.

2005-yil G‘.Xojiqulov rahbarligida «Layli va Majnun» musiqali dramasi sahnalashtirildi.

Talabalarimiz Gulmira Abdulaxadova (2007), Ro`zixon Nurmatova(2010), Raxshona Qo‘ziyeva (2011), Muxlisa Mashrabova (2022) va Nuriddin Samandarov (2022)lar “Nihol” mukofoti bilan, Gulxayo Radjieva (2020) va Muxlisa Mashrabova (2022)lar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan, Nuriddin Samandarov (2023) “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

2024-yil 26 avgustda Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan Pedagogika va San’atshunoslik fakulteti tugatilib Sport va San`at fakulteti ochildi va kafedraga Musiqa san`ati nomi berildi.

  • 60211500 – Cholgʻu ijrochiligi (xalq cholgʻulari), (kunduzgi)
  • 60211400 – Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik), (kunduzgi)

Hozirda kafedrada 1 ta O‘zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1 ta falsafa doktori (PhD), 10 ta dosent, 4 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi va 8 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda kafedra o‘z ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.

  • “Musiqa o‘qitish metodikasi maktab repertuari”. Darslik.
  • “Musiqa nazariyasi”. Darslik.
  • “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli (Qashqar rubob)”. O‘quv qo‘llanma.

Ilmiy faoliyat

KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI

Hozirda kafedrada 1 ta O‘zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1 ta falsafa doktori (PhD), 10 ta dosent, 4 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi va 8 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda kafedra o‘z ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • “Musiqa o‘qitish metodikasi maktab repertuari”. Darslik.
  • “Musiqa nazariyasi”. Darslik.
  • “Ansambl sinfi”. Darslik.
  • “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli (Qashqar rubob)”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Vokal va zamonaviy musiqa”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Fortepiano va qo‘shimcha cholg‘u”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Fortepiano”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Dirijorlik”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli”. O‘quv qo‘llanma.
  • “An’anaviy xonandalik”. O‘quv qo‘llanma.
  • “Musiqa tarixi”. O‘quv qo‘llanma.

Ta'lim yo'nalishlari

  • 60211500 – Cholgʻu ijrochiligi (xalq cholgʻulari), (kunduzgi)
  • 60211400 – Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik), (kunduzgi)

O'qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Ansambl sinfi (anʼanaviy xonandalik)
  • Maktab repertuarini innovatsion tizimlash
  • Cholgʻu sozlarini oʻrganish
  • Maqom asoslari (maqomlar tahlili)
  • Xalq cholgʻularida ijrochilik
  • Orkestr sinfi (xalq cholgʻulari orkestri)
  • Dirijorlik (turdosh yoʻnalishni oʻrganish)

Professor-o'qituvchilar18