Kelajakka qadam
"Kelajakka qadam" dasturi oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari, iqtidorli yoshlar va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus yosh mutaxassislarning o'z tadbirkorlik g'oyalarini hayotga tatbiq etishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Shuningdek, dastur doirasida yoshlarni ishga olgan va ularning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi. Bu esa amaliyot va biznesning uzviy bog'lanishini ta'minlab, hududlarda yangi ish o'rinlari ochilishiga va iqtisodiy faollikning oshishiga zamin hozirlaydi.
