Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Toshkent, 1928-yil: elektron televideniyening ilk tasviri

IxtirochiBoris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy
Davr1925–1928
SohaElektronika

Dunyodagi ilk to'liq elektron harakatlanuvchi tasvirlardan biri Toshkentda uzatilgan — bu Navoiy ko'chasi bo'ylab ketayotgan tramvay edi.

Boris Grabovskiy (1901–1966) 1925-yilda «Telefot» deb nomlangan to'liq elektron televizion qurilmaga patent oldi. Unda taklif etilgan elektron nurni yuqori kuchlanish ostida gorizontal va vertikal yoyish tamoyili keyinchalik elektron-nurli trubkalarda keng qo'llanila boshlandi.

Sinovlar 1928-yil yozida Toshkentda, ixtirochilar oilasi bilan yashagan uyda o'tkazildi — hozir u yerda Toshkent teleminorasi markazi joylashgan. 1928-yil 28-iyunda ekranga ixtirochi Ivan Belyanskiy va Grabovskiyning rafiqasi Lidiyaning yuzlari uzatildi. 4-avgustda esa kamera ko'chaga o'rnatilib, Navoiy ko'chasi bo'ylab harakatlanayotgan tramvay tasviri qariyb 500 metr masofaga muvaffaqiyatli uzatildi.

Bugun ko'plab tarixchilar elektron televideniye ixtirosini V. Zvorikin yoki F. Farnsvort nomi bilan bog'laydi. Ammo Toshkentdagi namoyish — elektron televideniyaning ma'lum bo'lgan eng ilk namoyishlaridan biri.

Bugungi ahamiyati

Toshkentdagi tajriba televideniye tarixida o'z o'rniga ega. U Markaziy Osiyo ham jahon texnika taraqqiyotiga hissa qo'shganini ko'rsatadi.