Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
E'lon

Andijon davlat universitetida “Qabul–2026” bo‘yicha Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi

10-iyun, 2026-yil736 ko'rildi

Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda “Qabul–2026” jarayonlari yuzasidan tezkor va sifatli axborot berish maqsadida maxsus Call-markaz o‘z faoliyatini boshladi. ➖ 2026–2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 5-iyundan 25-iyunga qadar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayonida oliy ta’lim muassasasiga kelish talab etilmaydi. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishni Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali amalga oshirishlari mumkin. Fuqarolar qabul jarayonlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun universitetning Call-markaziga murojaat qilishlari mumkin. Murojaat uchun telefon raqamlari: +998 74 224-81-89 +998 74 224-81-92 +998 74 224-81-94 +998 74 224-81-95 +998 74 224-81-97 "Call-center"ning ish rejimi:

Dushanbadan shanbagacha – soat 8:30 dan 17:30 gacha faoliyat yuritadi. 💻Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:

➡Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari – 5-iyundan 25-iyungacha my.uzbmb.uz; ➡Magistratura mutaxassisliklari – 1-iyuldan 30-iyulgacha magistr.edu.uz; ➡Ikkinchi mutaxassislik – 10-iyuldan 10-avgustgacha my.edu.uz; ➡O‘qishni ko‘chirish – 15-iyuldan 5-avgustgacha transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish; my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga ko‘chirish. 🎓Andijon davlat universiteti barcha abituriyentlarni qabul jarayonlarida faol ishtirok etishga chorlaydi hamda ularga omad tilaydi.